Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yarim millionga yaqin hoji Saudiya Arabistonidan qaytdi

Yarim millionga yaqin hoji Saudiya Arabistonidan qaytdi

Saudiya Arabistoni haj amalini ado etgan yarim millionga yaqin ziyoratchi mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Bu haqda Azon internet nashri xabar berdi.

Pasport idorasining bildirishicha, qirollikning dengiz, havo va quruqlik chegaralaridan o‘tgan ziyoratchilar soni seshanba kuni ertalab holatiga ko‘ra 439 383 kishiga yetgan. Xususan, havo yo‘li orqali 370 796, quruqlik orqali 62 556, dengiz portlari orqali esa 6 031 ziyoratchi chiqib ketgan.

Saudiya Arabistoni Statistika bosh boshqarmasi ma’lumotiga qaraganda, bu yil ziyoratchilar soni 2 million 489 ming 406 nafarni tashkil etdi.

 

Kiritildi: 08:40 23.08.2019. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!