Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Yaponkaga uylanaman..."

A A A
"Yaponkaga uylanaman..."

Ikki yilcha ilgari bir soddagina ukamizni Yaponiyaga o‘qishga jo‘natgan edik.

Shu bola bir yapon qiziga uylanib olibdi. 

“Qanday qilib uylanding, ularni dini boshqa-ku, uylanaverdingmi?” desam:

 - Yo‘g‘-ey, aka. Musulmon diniga o‘tkazdim. Men majbur qilmasam ham hijob o‘rayapti. 

- Nahotki?! 

- Nima deyapsiz, ashnaqa aka. 

- Namoz ham o‘qiyaptimi?

- Bo‘lmasam-chi.. Bitta o‘g‘limizam ham bor. Unga ham musulmoncha ism qo‘ydik. Onasi hamma "eskicha"larni o‘rgatyapti. 

- Ana xolooos...  O‘zing namoz o‘qiyapsanmi? 

- Menga sal ertaroqda aka.. Ayolim (yaponka) ham “Namoz o‘qimaysanmi, musulmonman degan eding-ku. Lekin biron marta 5 mahal namoz o‘qishingni hech ko‘rmadim” deydi.

Namoz o‘qimasa ham musulmon bo‘laveradimi deb hijolat qilyapti-da.... 

Sahobalar namozsiz mo‘minlikni tasavvur qila olishmagani xayolga keldi, shu onda... 
Ajib...

Jamoliddin Zafar

Manba: azon.uz

Kiritildi: 09:49 05.01.2020. O'qildi: 5659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik