Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o‘stirishni boshladi

Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o‘stirishni boshladi

Yaponiyalik tadqiqotchilar tishlarni o‘stirish usulini ishlab chiqdi. Texnologiya hozirda hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Science Advances ilmiy jurnalida e’lon qilingan maqolaga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Davolash usuli organizmni yangi tishlarni o‘stirishga majbur qiladigan monoklonal anitanalarga bog‘langan.

Tadqiqot UCAG-1 genini bloklash, suyak morfogenetik oqsil faolligining oshishini yuzaga keltirishini ko‘rsatgan. Ushbu molekulalar organlar va to‘qimalar o‘sishini tartibga solishga javob beradi.

Shu bilan birga, mazkur oqsilning ishiga aralashish jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq olimlar suyak morfogenetik oqsili bilan o‘zaro ta’sirda UCAG-1 qobiliyatini o‘zgartiruvchi qator monoklonal antitanalarni o‘rganib chiqqan va salbiy ta’sirni yuzaga keltiruvchi aniq bir antitanaga duch kelmagan.

Ushbu usul insonniki kabi tishlarga ega laboratoriya sichqonlari hamda sassiqko‘zanlarda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

«Keyingi rejamiz — boshqa hayvonlarning antitanasini tekshirish, xususan, cho‘chqa va itlarning», — deydi tadqiqot mualliflari.

Kiritildi: 13:48 08.04.2021. O'qildi: 3935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!