Yaponiyada Japan Air Commuter (JAC) samolyoti havoga ko‘tarilgandan so‘ng darhol yashin urdi.
Bortida 14 kishi bo‘lgan ATR-42-600 samolyoti Amakusadan Kumamotoga rejali reysni amalga oshirayotgan edi. Balandlikka ko‘tarilayotganda samolyotga chaqmoq tushdi va uchuvchilar uchish aeroportiga qaytishga qaror qilishdi. Qo‘nish muvaffaqiyatli o‘tdi. Parvozdan keyingi tekshiruv vaqtida fyuzelyajda chaqmoq urishi izlari topilgan. Ushbu samolyotning parvozlari to‘xtatildi.