Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada qurollangan shaxs 5 kishini jarohatladi

Yaponiyada qurollangan shaxs 5 kishini jarohatladi

Qurolli tajovuzkor 22 iyun kuni ertalab Yaponiyaning Kyusyu oroli janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Fukuoka shahrida odamlarga hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Yaponiya axborot agentliklari ma’lumotlariga asoslanib.

Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Xakata hududidagi munisipal uy-joy massivida yuz bergan hodisada besh kishi pichoqlangan. Qurbonlarning hayotiga tahdid yo‘q.

Huquqbuzarni hibsga olish to‘g‘risida hali xabar berilmagan, uning maqsadi nima bo‘lganligi noma’lum. Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 09:20 22.06.2021. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!