Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yaponiyada kaptar o‘ldirgan fuqaro hibsga olindi

Yaponiyada kaptar o‘ldirgan fuqaro hibsga olindi

Yaponiyada kaptarni o‘ldirib, jonivor qoni bilan mehmonxona devoriga chizib tashlagan 25 yoshli erkak hibsga olindi. Ayblanuvchi shu usul bilan asabiy holatdan chiqib olmoqchi ekan, deb yozdi kun chiqar mamlakatning “Mainichi” gazetasi.

Nashr ma’lumot berishicha, Aiti muzofoti polisiyachilari tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni buzgani va mehmonxonaning biznes yuritishiga to‘sqinlik qilgani uchun ishsiz fuqaroni hibsga olgan. Ayblanuvchi o‘z qilmishiga iqror.

– Odamlar salbiy hissiyotdan qutulish uchun mushukka ozor berganini eshitgandim, men kaptarni qiynashni ma’qul ko‘rdim, – deya izohlagan u o‘z qilmishini. – Bu bilan men boshqalardan ajralib turishni xohladim.

Kiritildi: 07:20 23.11.2023. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!