Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaponiyada issiqlikdan 1 hafta ichida 18 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada issiqlikdan 1 hafta ichida 18 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada shiddatli issiqlik oqibatida so‘nggi haftada 9,500 dan ortiq odam issiq urishi (teplovoy udar) bilan shifoxonalarga olib ketildi. 18 kishi vafot etdi, deb xabar berdi mahalliy OAVga tayanib Report.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning 58 foizini 65 yoshdan katta kishilar tashkil qiladi.

Juda yuqori harorat iyun oyidan beri mamlakat bo‘ylab kuzatilmoqda. Xususan, Gumma prefekturasining Isesaki shahrida havo harorati 41,8°C darajani tashkil etdi — bu esa o‘tgan haftada qayd etilgan 41,2°Clik rekordni yangiladi.

Kiritildi: 17:07 05.08.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!