Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Yaponiyada ilk uchuvchisiz "uchar taksi" namoyish etildi

Yaponiyada ilk uchuvchisiz "uchar taksi" namoyish etildi

Yaponiyaning "SkyDrive Inc." startapi yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatining ilk namoyish parvozini amalga oshirdi.

Bu haqda Yaponiya OAVlari xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, masofadan boshqariladigan "SD-05" innovasion transport vositasi "Mitsubishi Estate Co." va "Kanematsu Corp." kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Apparat o‘zining ilk masofadan boshqariladigan parvozini Tokio qo‘ltig‘i uzra amalga oshirdi. Parvoz taxminan bir yarim daqiqa davom etdi va apparat qariyb 150 metr masofani bosib o‘tdi.

"SD-05" uchuvchisiz apparati 12 ta parrak va akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan. Ushbu xususiyatlari tufayli u 15–40 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Transport vositasi uch kishini tashish uchun mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:30 25.02.2026. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!