Yaponiyaning Ishikava prefekturasida binolar, elektr infratuzilmasi va avtomoobil yo‘llari qisman vayron bo‘ldi, markaziy prefekturalarida 35 mingdan ortiq uylar elektr ta’minotisiz qoldi. Ushbu hududlarda tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi.
Vazirlar mahkamasi spikeri hisobotiga ko‘ra, yer qimirlashidan so‘ng AESlar faoliyatida o‘zgarish qayd etilmagan.
Ushbu yer qimirlashidan so‘ng Rossiyaning Saxalin, Vladivostok, Naxodka portlarida ham sunami xafvi e’lon qilindi.
Koreya yarim orolida ham sunami xavfi paydo bo‘lishi mumkin.