Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyada 67 ming tovuq yo‘q qilindi

Yaponiyada 67 ming tovuq yo‘q qilindi

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kumamoto prefekturasi ma’muriyati mahalliy fermada parranda grippi epidemiyasi aniqlanganidan keyin 67 mingga yaqin tovuqni so‘yib yubordi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi

Qayd etilishicha, tovuqlarni yo‘q qilish infeksiyaning yanada tarqalishining oldini olishga yordam bergan. Sababi, kasallik o‘choqlari aniqlangan hududdan 3 km uzoqlikda joylashgan boshqa xo‘jaliklardagi parrandalarda kasallik belgilari kuzatilmagan.

15 noyabr kuni Kagosima prefekturasining janubi-g‘arbiy qismida parranda grippi tufayli 11 ming, Xiogo prefekturasida 17 noyabrda 155 ming tovuq nobud bo‘ldi.

Kiritildi: 22:32 05.12.2021. O'qildi: 2536 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!