Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyada 57 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Yaponiyada 57 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH yuz berdi

NHK telekanalining xabar berishicha, hodisa Gunma prefekturasidagi Minakami shahri yaqinidagi avtomagistralda sodir bo‘lgan. Bunga muzlama (yo‘lning sirpanchiq bo‘lib qolishi) va kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.

Halokat ikki yuk mashinasining to‘qnashuvi bilan boshlangan, shundan so‘ng avtomobillar yonib ketgan. Natijada ikki kishi halok bo‘lgan, yana 26 kishi jarohat olgan.

Polisiya ikki kishining o‘limini tasdiqladi, ularning jasadlari yonib ketgan mashinalardan topilgan (halok bo‘lganlardan biri 77 yoshli ayol). Yaradorlarning besh nafari og‘ir ahvolda.

Voqea juma kuni soat 19:30 atrofida Minakami shahrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 dan ortiq transport vositasi yonib ketgan. Yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun o‘t o‘chiruvchilarga taxminan yetti yarim soat vaqt kerak bo‘ldi.

Kiritildi: 21:24 27.12.2025. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!