Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yaponiya robotlarni armiyaga jalb qilmoqchi

Yaponiya robotlarni armiyaga jalb qilmoqchi

Yaponiya o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlarida yangi askarlar yetishmasligi sababli mudofaa sohasida sun’iy intellekt bilan jihozlangan gumanoid robotlardan foydalanishni o‘rganmoqda, deb xabar beradi Kyodo.

Hukumat va hukmron partiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, robotlar jangovar harakatlarda qatnashmaydi, balki bazalarni qo‘riqlash va logistika yordamini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

Kelajakda robotlar razvedka va qutqaruv operasiyalariga ham yuborilishi mumkin.

Yaqin kelajakda gumanoid robotlardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar boshlanadi, musobaqalar tashkil etiladi va xususiy kompaniyalar va universitetlar tomonidan ishlab chiqilgan robotlar o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

Mamlakat hukumati yil oxirida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi asosiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi, shu bilan birga sun’iy intellektdan keng foydalanish mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.

2027 yil aprel oyida boshlanadigan moliyaviy yil uchun byudjet loyihasiga ko‘ra, Yaponiya Mudofaa vazirligi o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlarining boshqaruv tizimiga sun’iy intellektni joriy etishni, shuningdek, katta hajmdagi kosmik ma’lumotlarni tahlil qiladigan va raketalarni boshqarishga yordam beradigan "sun’iy intellekt bilan jihozlangan taktik sun’iy yo‘ldosh"ni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 23:50 25.09.2026. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!