Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiya karatinni 31 maygacha uzaytirdi

Yaponiya karatinni 31 maygacha uzaytirdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimini 31 maygacha uzaytirishga qaror qildi. U bu haqda infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shtab yig‘ilishida e’lon qildi.

Abe shuningdek, agarda ekspertlar vaziyat tahlili natijalaridan kelib chiqib rejimni bekor qilish mumkinligini bildirishsa, u muddatidan avvalroq bekor qilinishini mumkinligini aytdi.

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 15,5 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar 530 nafarni tashkil qilmoqda. 

Oxirgi sutkada mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord qayd qilinib, 31 kishi vafot etgan. Avvalgi antirekord 23 aprelda qayd qilingan bo‘lib, o‘shanda virus qurbonlari 29 nafarni tashkil qilgan.

Kiritildi: 20:59 04.05.2020. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!