Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yaponiya bosh vaziri Putin bilan uchrashuvdan nimani kutyapti?

Yaponiya bosh vaziri Putin bilan uchrashuvdan nimani kutyapti?

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 26 may kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, Yaponiya bilan Rossiya o‘rtasida sakkiz nuqtada olib boriladigan hamkorlik rejasini amalga oshirish va mamlakatlar o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolashga erishish uchun muzokaralar olib boradi. Bu haqda TASS” xabar bermoqda.

Abening so‘zlariga ko‘ra, u ushbu maqsadga erishish yo‘lida o‘z nuqtai nazarlari ila Putin bilan kelishuvga erishmoqchi. Rahbarlar ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi yapon-rus munosabatlarining ahamiyatini tinchlik shartnomasining tuzilishida deb hisoblashmoqda.

Abe 25-26 may kunlari Putinning taklifiga binoan Rossiyaga tashrif buyuradi va Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining tadbirlarida ishtirok etadi. 26 may kuni esa Moskvada Rossiya-Yaponiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Manba: segodnya.ua     

Kiritildi: 09:03 19.05.2018. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!