Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yapon ayollari 41-rekordni o‘rnatdi

Yapon ayollari 41-rekordni o‘rnatdi

Yaponiya ayollarning uzoq umr ko‘rishi bo‘yicha o‘rtacha umr davomiyligi bo‘yicha yana dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

Yaponiya ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda yapon ayolining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 87,33 yilni tashkil etgan.

E’tiborli tomoni, Yaponiya ayollar umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha 41 yildan buyon jahonda yetakchi bo‘lib kelmoqda.

Yapon erkaklarining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 81,35 yilni tashkil etdi. Bu borada ular dunyoda yettinchi o‘rinda — Shvesiya, Norvegiya, Italiya va yana bir nechta mamlakat Kunchiqar yurtdan oldinda.

Bir necha yil avval COVID-19 pandemiyasi tufayli Yaponiyada o‘rtacha umr davomiyligi biroz pasaygan edi. Biroq 2023 yildan boshlab bu ko‘rsatkich yana o‘sish nuqtasiga yetdi va va pandemiyadan oldingi darajadan ham yuqoriladi.

Kiritildi: 20:05 25.07.2026. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!