Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yanvar-aprel oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga qancha pul jo‘natildi?

Yanvar-aprel oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga qancha pul jo‘natildi?

2018 yil yanvar-aprel oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 19,5 milliard tenge (464,5 milliard so‘m yoki 58,6 million dollar) jo‘natildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

2017 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 39,9 foizni tashkil etdi - 5,6 milliard tenge (133,4 milliard so‘m yoki 16,8 million dollar).

O‘zbekistonning umumiy hajmdagi ulushi 11,9%dan 12,3%gacha oshdi.

Qozog‘istondan pullarning eng katta qismi Rossiyaga yuborilgan - 69,6 milliard tenge (1 trillion so‘mdan ortiq yoki 200 million dollardan ortiq).

Kiritildi: 10:46 07.06.2018. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!