Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yangilik! Musulmonlar uchun alohida basseynlar quriladi

Yangilik! Musulmonlar uchun alohida basseynlar quriladi

Germaniya fuqarosi Abdulla Zeran Frankfurt shahrida dindor va konservativ musulmonlar uchun birinchi ochiq basseynni qurishni rejalashtirdi, deb xabar qildi Germaniyaning Hessische Niedersächsische Allgemeine nashri.

Zeranning so‘zlariga ko‘ra, u tomonidan ishlab chiqilgan loyiha musulmon mamlakatlaridan kelgan qochqinlarning Germaniya jamiyatiga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, basseynda asosiy diniy talablarga rioya qilinadi.

Musulmon ayollar burkida suzishlari mumkin, erkaklar va ayollar basseyndan alohida foydalanishadi. Bundan tashqari, Zeran bu yerda maktab o‘quvchilari uchun suzish mashg‘ulotlarini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. O‘g‘il bolalar va qizlar uchun suzish mashg‘ulotlari ham alohida o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, agar Frankfurtdagi pilot loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, shunga o‘xshash basseynlar mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ham paydo bo‘ladi. Keyingi navbatda Myunxen va Berlin bo‘ladi.

 

Kiritildi: 16:39 21.11.2019. O'qildi: 2420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!