Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Yangi qonun: Putin yana ikki marta prezident bo‘lishi mumkin

Yangi qonun: Putin yana ikki marta prezident bo‘lishi mumkin

Rossiya dumasi bugun qabul qilgan qarorga binoan mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putin yana ikki marta prezident saylovida qatnashish mumkin bo‘ladi.

Mazkur qonun o‘tgan yilning iyulida Rossiya konstitusiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida qabul qilindi. Qonunga muvofiq 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, Rossiyada kamida 25 yil yashagan, avval boshqa davlatning fuqarosi bo‘lmagan yoki boshqa davlatda yashash ruxsatnomasi olmagan fuqarolar prezident etib saylanishi mumkin. Bir shaxsning ikki martadan ortiq prezident bo‘lishiga yo‘q qo‘yilmaydi.

Ammo ushbu o‘zgarishlar qonun kuchga kirgandan avvalgi prezidentlik muddatlariga ta’sir qilmaydi. Oddiy qilib aytganda, Vladimir Putin yana ikki marta prezident saylovida qatnashishi mumkin.

Kiritildi: 19:55 24.03.2021. O'qildi: 3756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!