Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yangi prezident jamoatchilik oldida koronavirusga qarshi emlanishga va’da berdi

Yangi prezident jamoatchilik oldida koronavirusga qarshi emlanishga va’da berdi

Amerikaning yirik OAVlari tomonidan AQShning saylangan prezidenti deb e’tirof etilayotgan Jo Bayden jamoatchilik oldida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga tayyorligini bildirdi.

«Men buni mamnuniyat bilan amalga oshiraman», — dedi Bayden.

Siyosatchi shu tariqa inaugurasiyagacha vaksina olish-olmasligi hamda buni AQShning sobiq prezidentlari kichik Jorj Bush, Bill Klinton va Barak Obama kabi jamoatchilik oldida amalga oshirishga tayyor yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

Baydenning aniqlik kiritishicha, AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi vaksinaning xavfsizligini e’tirof etishi bilan uni olishga tayyor bo‘ladi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh xalqining vaksina samaradorligiga nisbatan ishonchi tushib keta boshlagan, shuning uchun siyosiy yetakchilar amerikaliklarga shaxsan namuna ko‘rsatishi muhimdir.

Avvalroq AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama, Jorj Bush va Bill Klinton kamera qarshisida koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanib, jamoatchilikning xavfsizlikka bo‘lgan ishonchini oshirishga tayyorligini bildirgan edi.

Amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp ham AQShda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani qabul qilishga tayyorligi haqida aytgan edi. «Men mamnuniyat bilan vaksinani qo‘llaydigan birinchi odam bo‘lishga tayyorman… asosiysi — Amerika xalqiga foyda keltirish», — degan u.

Kiritildi: 18:08 04.12.2020. O'qildi: 1612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!