Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 3 sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +10...+12, kunduzi +26...+28 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +10...+15, kunduzi +25...+30 daraja bo‘lishi hamda 5-10 m/s tezlikda shamol esishi kutilmoqda.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +10...+15, kunduzi +25...+30 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo harorati kechasi +10...+15, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/sga yetadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +10...+15, kunduzi +25...+30 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo harorati kechasi +8...+13, kunduzi +21...+26 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi kechasi 15-20 m/sni tashkil etiadi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +6...+11, kunduzi esa +15...+20 daraja bo‘ladi. 15-20 m/s tezlikda shamol esadi.
Manba: qalampir.com