Yangi Gvineyadagi hayvonot bog‘ida timsoh xodimga hujum qildi. Hujum tashrif buyuruvchilarning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.
Timsoh erkakni oyoqlaridan tishlab, suvga tortib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiya xodimlari timsohni otib o‘ldirib, ishchini qutqargan. Og‘ir oyoq jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan erkak shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, vafot etgan. Hayvonot bog‘i vaqtincha yopilgan.