Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Yangi bosh vazir Peter Madyar prezidentga impichment bilan tahdid qildi

Yangi bosh vazir Peter Madyar prezidentga impichment bilan tahdid qildi

Bosh vazir Peter Madyar agar mamlakat prezidenti Tamash Shuyok o‘z xohishi bilan lavozimini tark etishdan bosh tortsa, parlamentda unga nisbatan impichment jarayonini boshlash tashabbusini ilgari surishini aytdi.

Uning aytishicha, agar zarurat tug‘ilsa, “Tisa” fraksiyasi Shuyokni iste’foga chiqarish uchun parlamentga Asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etadi.

Xabar qilinishicha, avvalroq Madyar Vengriya Prezidenti davlat rahbari sifatidagi o‘z vazifalarini uddalay olmaganlikda va o‘tgan yillar davomida Viktor Orbanning sobiq hukumati tomonidan sodir etilganligi da’vo qilinayotgan suiiste’molliklarga to‘sqinlik qilmaganlikda ayblagan. Tamash Shuyok esa Madyarning talabi bilan iste’foga chiqishdan bosh tortgan va o‘z vazifalarini bajarishda davom etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 aprel kuni Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda muxolifat yetakchisi, 45 yoshli Peter Madyar va uning o‘ng-markazchi “Tisa” partiyasi g‘alaba qozongan.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!