Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Yana bir davlat o‘rta maktablarda mobil telefonlarni taqiqladi

A A A
Yana bir davlat o‘rta maktablarda mobil telefonlarni taqiqladi

Fransiya rasmiylari yuqori sinflarda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Belta kanali BFMTVga tayanib xabar berdi.

«Biz o‘rta maktablarda mobil telefonlarni olib tashladik. Ehtimol, keyingi o‘quv yilidan boshlab biz ushbu qoidani yuqori sinflarda ham joriy qilamiz», — dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “raqamli tanaffus” (mobil telefonlardan foydalanishni to‘liq taqiqlash) o‘rta maktablarda 2026 yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etila boshladi. O‘tgan yili bu amalda yuzga yaqin o‘rta maktabda sinovdan o‘tkazildi. Makron bu chora “juda yaxshi ishlayotganini” ta’kidladi.

U shuningdek, Fransiyada “o‘smirlar orasida yolg‘izlik va ruhiy salomatlik muammolari ko‘payayotganini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazishi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 21:35 30.11.2025. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!