Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yamayka respublikaga aylanishi mumkin

Yamayka respublikaga aylanishi mumkin

Yamayka hukumati Britaniya qiroli Karl III hukmronligidan chiqib, respublikaga aylanish maqsadida 2025 yilga belgilangan navbatdagi yalpi saylovgacha islohot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Allando Terelong shu haqda bayonot berdi.

– Biz 2025 yilgacha islohotni yakunlab, Britaniya hukmronligidan xalos bo‘lish umididamiz, – dedi u “Independent” gazetasiga bergan intervyusida. – Monarx qisman mamlakat rahbari hisoblansa-da, haqiqiy hokimiyat Yamayka hukumati va xalqiga tegishli.

Respublikaga aylanish uchun Yamayka yangi konstitusiya loyihasini tayyorlashi, ushbu hujjat mahalliy parlament ikkala palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak. Shundan keyin mamlakat maqomini belgilash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.

Terelong qo‘shimcha qilishicha, Yamayka tarixiy vaziyatni inobatga olgan holda, Britaniyadan orol fuqarolari uchun viza cheklovi bekor qilinishiga erishmoqchi. Hozir rasman Britaniya boshqaruvidagi yagona mamlakat hisoblangan mazkur orol fuqarolariga qirollikka kirish uchun viza cheklovi joriy qilingan. Yamayka konstitusiyasiga ko‘ra, ijro hokimiyati Britaniya monarxi tomonidan general-gubernator nomidan faoliyat olib boradi. General-gubernator nomzodini Yamayka Bosh vaziri taqdim etadi.

Yamayka ham a’zo hisoblangan Britaniya hamdo‘stligi 53 mustaqil davlat, ya’ni Buyuk Britaniyaning qariyb barcha sobiq mustamlakalarini birlashtirgan. Ushbu mamlakatlar aholisi soni jami 2 milliarddan oshadi. Hamdo‘stlik rahbari Britaniya monarxi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:30 27.04.2024. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!