Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yaman xalqi tinchlik talab qilmoqda

Yaman xalqi tinchlik talab qilmoqda

Mamlakat prezidenti maslahatchisi Abdulmalik Al-Mixlafiy Twitter'da shu haqida xabar berdi.

"Yaman xalqi tinchlikni talab qilmoqda, hukumat ham, arab koalisiyasi ham shunga erishish tarafdori", - deb yozadi Mixlafiy. 

Maslahatchining hisoblashicha, faqatgina "Ansorulloh" harakati isyonchilari qurolsizlantirilganidan keyingina Yamanda tinchlik haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Al-Mixlafiy bundan avval xusiylar BMTning Yamandagi maxsus elchisi Martin Griffit tomonidan taklif qilingan tinchlik shartlariga rozi bo‘lishmaganini yodga soldi. 

Yamanda 2014 yildan buyon qurolli nizolar davom etib kelmoqda. Unda bir tomondan - "Ansorulloh" shia harakati isyonchilari, ikkinchi tomondan - sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning tarafdorlari, yana boshqa tomondan esa amaldagi prezident Abdurabbu Mansur Xadiyga xizmat qiluvchi hukumat qo‘shini ishtirok etmoqda. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:56 17.06.2018. O'qildi: 1663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!