Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yaman: 250 ming kishi ochlikning eng yomon bosqichida

Yaman: 250 ming kishi ochlikning eng yomon bosqichida

BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Mark Lokok Yamanda 250 ming kishi ochlikning eng yomon – beshinchi bosqichiga yetganini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Mazkur mamlakatda ochlik bilan kurashayotganlarning soni 15 foizga ortib, 20 million kishiga yetgan, bu esa aholining 70 foizi demakdir. Bu odamlarning 4 millioni ochlikning “favqulodda holat” deb ataluvchi to‘rtinchi bosqichida ekani aytilmoqda. Ushbu bosqichdagilar orasida o‘lim darajasi yuqori va ular ovqat ololmaydigan darajada qashshoq bo‘ladi.

Ochlikning eng yomon bosqichiga yetgan 250 ming kishi to‘rt viloyat – Toiz, Sada, Haja va Hadiydaga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichdagi ochlar Yamandan tashqari Janubiy Sudanda ham bor.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 08:57 12.12.2018. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!