Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yamal Xoland va Alvares transferlariga qarshi chiqdi

Yamal Xoland va Alvares transferlariga qarshi chiqdi

Matbuotda Erling Xoland anchadan beri "Barselona" bilan bog‘lab kelinadi. "Manchester Siti" moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilganidan so‘ng norvegiyalik to‘purarning kelajagi haqidagi mish-mishlar yana kuchaydi.

Agar "shaharliklar" apellyasiyada ham yutqazib, jiddiy jazoga tortilsa, Xoland Premyer-liga grandining boshqa yulduzlari singari klubini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, Lamin Yamal Erling Xolandning transferini ham, Xulian Alvaresning xarid qilinishini ham qo‘llab-quvvatlamaydi.

Yamal bu variantlar o‘rniga "Barselona" yozgi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan yosh hujumchi Hamza Abdulkarimga ishonch bildirishini istamoqda.

Kiritildi: Bugun 10:38. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!