Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yakkabog‘da o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgan ayol vafot etdi

Yakkabog‘da o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgan ayol vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Erini qo‘shnilari noqonuniy olib qo‘yganiga norozilik bildirgan 43 yashar Yakkabog‘lik ayol o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘lgani haqida” xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 26 iyun kuni Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga Yakkabog‘ tumani, “Oqtosh” MFY, Bog‘zor ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Abdiazizova kuyish tana jarohatlari bilan kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, shu kuni JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Fuqaro M.Abdiazizova qo‘shnisi P.Qodirov va E.Pardayevlar bilan yer masalasida o‘zaro janjallashib kelgani sababli, joriy yilining 26 iyun kuni fuqaro E.Pardayevning “Oqtosh” MFY raisiga qilgan murojaati asosida mahalla raisi Q.Kenjayev, “Ermulk-kadastr” DK Yakkabog‘ tumani filiali mutaxassisi B.Xushmurodov va tuman IIB profilaktika inspektori M.Egamberdiyevlar nizoli yer uchastkasiga kelishib, ulardan yerga oid hujjatlari so‘rashganida, M.Abdiazizova yashash uyi hovlisiga kirib, ustiga benzin sepib chiqib, qo‘lidagi gugurt bilan o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ygan.

Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasida, fuqaro M.Abdiazizovaning olgan tan jarohati tananing alangadan 96 foiz, III-IV darajali kuyish ko‘rinishida ekanligi ko‘rsatilgan.

M.Abdiazizovaga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan u 27.06.2020 yilda vafot etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:07 02.07.2020. O'qildi: 3312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!