IIQKning ma’lum qilishicha, tanker Eron hukumati bilan kelishilmagan yo‘nalishda harakatlangan va navigasiya tizimlarini o‘chirgan. Ekipaj IIQKdan kelgan ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirgan. Portlash oqibatida kemaning dvigatel bo‘limida yong‘in chiqqan.
Kema qaysi bayroq ostida suzgani va ekipaj a’zolari orasida jabrlanganlar bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi neft tashish uchun asosiy dengiz arteriyalaridan biri bo‘lib qolmoqda va bu hududdagi har qanday hodisa katta e’tiborni tortadi.
Bu so‘nggi bir necha kun ichida minada portlagan uchinchi tanker bo‘ldi. 10 oktyabr kuni bo‘g‘ozda yana ikki kema minaga duch kelgan edi.