Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xudosiz ateist: "Xudo bor ekan!"

A A A
Xudosiz ateist: "Xudo bor ekan!"

Taniqli faylasuf olim Entoni Flyuning ma’ruzasi ilmiy doiralarni larzaga soldi. 80 yoshli olim uzoq yillar davomida ilmiy ateizm binosining ustunlaridan biri edi. Bir necha o‘n yillar davomida Flyu Xudoga e’tiqod qilish noo‘rinligi to‘g‘risidagi tezislarga asoslangan kitoblarni nashr qilar va ma’ruzalar o‘qirdi, deya yozmoqda “Meta” nashri.

So‘nggi paytlarda e’lon qilingan ilmiy kashfiyotlar ateizm himoyachisining qarashlarini o‘zgartirishga majbur qildi. Flyu o‘zining zalolatda qolgani, Koinot esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaganligini va u, biz tasavvur qilganimizdan ham qudratliroq bo‘lgan Zot tomonidan yaratilgani ochiq-oydin ekanligini e’lon qildi.

Flyuga ko‘ra, u oldin boshqa ateistlar singari qachonlardir azalda o‘lik materiyadan birinchi tirik materiya paydo bo‘lganiga ishonchi komil edi. “Bugungi kunda hayotning hamda birinchi reproduktiv organizmning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ateistik nazariyaning barpo etilishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi”, – deydi Flyu.

Olimning fikriga ko‘ra, DNK molekulalarining tuzilishi to‘g‘risidagi hozirgi zamon ma’lumotlari uning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mutlaqo mumkin emas, balki buni kimdir ishlab chiqarganini isbotlamoqda. Molekula o‘zida saqlayotgan irsiy kod hamda ensiklopedik hajmdagi axborot ko‘r-ko‘rona moslashuv imkoniyatini istisno etadi.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 17:18 29.10.2018. O'qildi: 2563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!