Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

XTV 6-sinf o‘quvchisining to‘satdan vafot etishiga izoh berdi

XTV 6-sinf o‘quvchisining to‘satdan vafot etishiga izoh berdi

Xalq ta’limi vazirligi Jizzax viloyati, Zafarobod tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisining vafotiga aniqlik kiritdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, o‘quvchi mushtlashuv natijasida emas, balki yurak xastaligi tufayli vafot etgan. 12 yoshdagi o‘quvchi Zafarobod tuman poliklinikasida tug‘ma yurak parogi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. Shu sababli o‘quvchi jismoniy tarbiya darslaridan ozod etilgan bo‘lib, faqat nazariy bilimlari asosida baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qator OAVlari o‘quvchi mushtlashuv natijasida vafot etgan, deya xabar tarqatishgan edi.

Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Maktabning 6-sinf o‘quvchilari 2-smenada o‘qishadi. Voqea esa ertalabki soat 10:40larda sodir bo‘lgan. 2-smena esa soat 13:05da boshlanadi , deya qayd etilgan XTV xabarida.

Shu kuni 6-sinfning bir guruh o‘quvchilari mahalliy stadionda o‘zlari olib kelgan koptok bilan futbol o‘ynashgan. O‘yin payti uzoqlashgan koptokning orqasidan chopib borgan B.B. yiqilgan. Mazkur voqeadan o‘quvchilar tomonidan xabar topgan maktab direktori o‘rinbosari tez tibbiy yordamiga xabar bergan. Yetib kelgan tez tibbiy yordami xodimi o‘quvchining vafot etganini ma’lum qilgan.

Xalq ta’limi vazirligi ayrim ommaviy axborot vositalarini yuz bergan fojiadan o‘zining manfaatlari yo‘lida foydalanib, tizimga oid asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.

Kiritildi: 13:57 27.02.2019. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!