Adliya vazirligining UZ24.uz’ga ma’lum qilishicha, 2025 yilda xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq 1 298 ta holat qayd etilgan.
Bu raqamlar jami 22 ta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p o‘lim holatlari esa Rossiyada qayd etilgan.
E’tiborlisi, Rossiyadan “200-yuk” sifatida qaytayotgan vatandoshlarimiz soni yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, 2020 yilda Rossiyadan 211 ta jasad olib kelingan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu raqam 610 taga yetibdi.