Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda zaytun yetishtiriladi

Xorazmda zaytun yetishtiriladi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida zaytun yetishtirish bo‘yicha turkiyalik hamkorlar bilan 60 million dollarlik yirik loyihani amalga oshirishga kirishildi, bu haqda «Xalq so‘zi» xabar qiladi.

Voha bog‘dorchiligida yangi yo‘nalish ochib beradigan mazkur loyiha asosida joriy yilda hududda 1 million tup, keyingi yillarda 4 million tup zaytun ko‘chatlari ekiladi. E’tiborli jihati, zaytunzorlar barpo etish etish uchun aynan tuproq unumdorligi past bo‘lgan ekin maydonlari tanlab olindi.

«Qishloq xo‘jaligida yaxshi samara bermayotgan bunday maydonlarda zaytun yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va yaxshi daromad olishimizga ishonamiz. Bir guruh biolog va tuproqshunos olimlar bu yerlarni ilmiy jihatdan puxta o‘rganib, zaytun yetishtirish uchun yetarli sharoit mavjudligi haqida xulosa berishdi. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishimiz tufayli suv ta’minotida ham muammo bo‘lmaydi. Keyingi yillarda nihollarning o‘sib rivojlanishi va hosil berishiga qarab zaytun moyi ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar qurish niyatidamiz. Natijada hudud aholisi uchun yana yangi ish o‘rinlari yaratiladi», — deydi turkiyalik mutaxassis Durri Burun.

Zaytun mevasidan olinadigan moy a’lo sifati, shifobaxshligi va uzoq muddat saqlanishi bois jahon bozorida juda xaridorgir hisoblanadi. Loyiha tashabbuskorlari kelgusida zaytun mevasi hamda yog‘ini Yevropa va arab davlatlariga eksport qilishni rejalashtirgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 08:00 24.05.2019. O'qildi: 1699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!