Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xoland uchun yana bir top-klub kurashga qo‘shildi

Xoland uchun yana bir top-klub kurashga qo‘shildi

Erling Xolandning "Manchester Siti"dagi kelajagi atrofidagi gap-so‘zlar yana kuchaydi.

Forvard Angliya klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida unga Yevropaning bir qator grandlari qiziqish bildirmoqda. "Arsenal", "Real" va "Barselona" qatoriga endi "Bavariya" ham qo‘shilgan.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar norvegiyalik hujumchining vaziyatini kuzatmoqda va imkoniyat paydo bo‘lsa, transfer uchun kurashga tayyor.

Xoland uchun Germaniya chempionati begona emas. U "Manchester Siti"ga o‘tishidan oldin Dortmundning "Borussiya" klubida muvaffaqiyatli to‘p surgan.

Norvegiyalik futbolchi 2022 yilda "Manchester Siti" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 18:36 28.09.2026. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!