Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Xoland 52 yillik mundial rekordini takrorladi

Xoland 52 yillik mundial rekordini takrorladi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCH-2026 1/8 finalida Braziliyaga qarshi bahsda dubl qayd etib, o‘zining ilk jahon chempionatidagi to‘purarlik bo‘yicha 52 yillik rekordni takrorladi.

Ushbu uchrashuvda Norvegiya sensasion tarzda Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, Xoland debyut mundialida urgan gollari sonini 7 taga yetkazib, 1974 yilgi jahon chempionatida polyak hujumchisi Gjegoj Lyato o‘rnatgan rekordga tenglashdi.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya ushbu g‘alabadan so‘ng JCH-2026 chorak finaliga yo‘l oldi va keyingi bosqichda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda Erling Xoland 7 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 13:47 06.07.2026. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!