Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoyning AQShga qarshi 3 ta kuchli "quroli"

Xitoyning AQShga qarshi 3 ta kuchli "quroli"

Ma’lumki, AQSh so‘nggi vaqtlarda Xitoyga qarshi turli iqtisodiy sanksiyalar, bojlarni oshirish kabi choralarni qo‘llamoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Masalan, so‘nggi 1 yil ichida Donald Tramp Xitoy tovarlariga qarshi kirtilgan soliqlarni 2 marotaba oshirdi. Buning evaziga Xitoy iqtisodi 400 milliardga yaqin zarar ko‘radi. Kuni kecha esa AQSh Xitoyning eng yirik Huawei korporasiyasiga qarshi qaqshatqich zarba berdi. Kompaniyaga yetkazilgan zarar turli iqtisodchilar tomonidan 100 milliard $ dan ortiq deb hisoblanmoqda.

Xo‘sh, ushbu qudratli va beshafqat raqibga qarshi Xitoy qanday choralar qo‘llashi mumkin?

Shubhasiz, AQSh iqtisodiy qudratli davlat va jahon bozorida Xitoyning eng yirik mijozidir. Undan tashqari dunyo valyutasi bo‘lgan dollar ham AQSh nazorati ostida. Bunday sharoitda AQShga ta’sir etadigan zarba berish juda mushkul ish.

Shunday bo‘lsada, Xitoy tashqi ishlar vazirligi tasarrufida bo‘lgan Global Times nashri, Xitoy AQShga  qarshi quyidagi 3ta choradan foydalanishi mumkinligini xabar qildi:

1. AQShga kamyob metallar yetkazib berishni cheklash

Xitoy AQShga kamyob metallarni yetkazib berishni cheklasa, bu AQSh axborot texnologiyalari va boshqa yetakchi elektron komponentlar ishlab chiqaruvchilari uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatdan bundan Apple va Boeing kompaniyalari zarar ko‘rishi mumkin.

Ikkinchi tomondan, kamyob metallar bozorida Xitoy monopolist emas. AQSh kompaniyalari boshqa davlatlardan ushbu metallarni sotib olishga o‘tishi mumkin yoki soxta firmalar orqali baribir Xitoy mahsulotini sotib olishda davom etishlari ham mumkin.

2. AQSh kompaniyalarining Xitoy bozoriga kirishini cheklash

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bungi kunda AQSh kompaniyalari investisiyalarining bor-yo‘g‘i 14 % Osiyo bozorlariga to‘g‘ri kelmoqda. Agar shuning 10% Xitoyga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham Xitoy ushbu chor bilan AQShga katta zarar yetkiza olmaydi. Ushbu chora faqat AQSh ichki kurashida, Donald Trampga qarshi bir vosita bo‘lishi mumkin, - deb yozadi nashr.

3. Obligasiyalar yordamida AQSh qimmatli qog‘ozlar bozorini barbod qilish

Global Times yozishiga ko‘ra,  bugungi kunda Xitoy bir trillion dollardan ortiq AQSh obligasiyalarini qo‘lda ushlab turibdi. AQShda iqtisodiy murakkab sharoit kuzatilayotgan vaqtda  Xitoy ushbu aksiyalarni bozorga chiqarsa -  bu AQSh qimmatli qog‘ozlarp bozorini barbod qilishi aniq. Buni “o‘lganning ustiga chiqib tepish” bilan solishtirsa bo‘ladi.    

Xulosa sifatida shuni aytish mumkin-ki, AQShning yakkahokimlik bilan kiritayotgan sanksiya va cheklovlariga javoban Xitoyda ham ta’sirli choralar bor. Lekin ularni qo‘llashdan avval Xitoy yuz marta, har tomonlama o‘ylab ko‘radi.

Ikkinchidan, aksariyat xitoyliklar o‘z mamlakatlarining AQShdan ko‘ra kuchsizroq ekanligini bilib turishsada, okean ortidagi “zo‘ravonga” yaxshigina “dars” berib qo‘yish tarafdoridir. Buning uchun ular hatto biroz qiyinchilikka ham chidashga tayyor. Bunday kurash natijalari dunyo iqtisodiy tuzumida jiddiy o‘zgarishlar olib kelishi va ularning aksariyati ijobiy bo‘lishi ehtimoli katta. 

 

Kiritildi: 11:21 22.05.2019. O'qildi: 2938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!