Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi

Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi

Tayvan provinsiyasida yashovchi 26 yoshli Lyu Penpenning suratlarini onasiga baliq olgani kelgan erkak internetga joylagan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Ayolga «eng go‘zal baliq sotuvchisi» deb nom berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 13 yoshidan buyon baliq sotib, onasiga yordam beradi. U suratiga iliq munosabat bildirgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan buyon uning peshtaxtasi oldida muxlislari navbat kutadigan bo‘ldi. «Men bunday bo‘lishini hayolimga ham keltirmagandim, ishonish qiyin», — deydi Lyu.

U model va videobloger sifatida faoliyat yuritadi.

«Meni suratga olayotgan odamlar baliq xarid qilishini ko‘proq istardim», — deydi u jurnalistlarga.

Noyabr oyi oxirida Sinchen Szinszin ismli xitoylik qiz polisiyachi tomonidan qidiruvdagi surati e’lon qilinganidan so‘ng mashhurlikka erishgandi. Qiz eng go‘zal jinoyatchi nomini olgan.

Kiritildi: 15:58 10.12.2018. O'qildi: 5383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!