Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida kuchli yomg‘irlar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xinhua agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bermoqda.
Yana besh kishi bedarak yo‘qolgan.
"Janubi-g‘arbiy Xitoyning Guychjou provinsiyasi, Guydin okrugida juda kuchli yomg‘ir kuchli suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi", dedi mahalliy hokimiyat.