Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyda yana koronavirus avj olishi mumkin

Xitoyda yana koronavirus avj olishi mumkin

Xitoyda koronavirus yana avj olishi mumkin. Bu haqda Pekin Viruslar bo‘yicha ekspertlar guruhining a’zosi, professor Li Lanjuan ogohlantirgan, deya xabar beradi "Daily Mail".

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar chet eldan qaytayotgan xitoyliklarda aniqlanayotgan yangi infeksiya holatlaridan xavotirda. Lanjuanning fikricha, bu mamlakatda yana bir keng miqyosli epidemiyani keltirib chiqarishi mumkin.

"Bu bizdan boshqa shaharlarda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish uchun kuch-g‘ayratimizni va tinimsiz mehnatimizni davom ettirishimizni talab qiladi", dedi u.

Professor xavotiriga sabablar bor. 17 mart kuni 54 yoshli xitoylik xastalikni Istanbuldan qaytib kelgan qizdan yuqtirgan.

 

Kiritildi: 20:06 23.03.2020. O'qildi: 7523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!