Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda Qur’oni karim qadimiy qo‘lyozmasi saqlanmoqda!

Xitoyda Qur’oni karim qadimiy qo‘lyozmasi saqlanmoqda!

Xitoyning Sinxay viloyatidagi «Jesiye» masjidida saqlanayotgan eng qadimiy Qur’oni karim qo‘lyozmasi ziyoratiga kuniga 6000 kishi tashrif buyuradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu Qur’oni karim qo‘lyozmasi XI – XIII asrlardan oldin paydo bo‘lgan. Qur’onning ushbu qo‘lyozmasi 867 sahifadan va 30 qismdan (juzlardan) iborat bo‘lib, og‘irligi 13 kilogrammni tashkil etadi. Qur’on qo‘lyozmasi madaniy meros bo‘yicha mutaxassislar tomonidan 2007 yilda qayta tiklangan va hanuzgacha namlik, harorat va kislorod miqdorini nazorat qiluvchi shisha qutida saqlanmoqda.

Har kuni 6 mingga yaqin mehmonlar, «Jesiye» masjididagi Qur’onning ushbu qo‘lyozmasini ziyorat qiladilar. Ularning aksariyati Sinxay viloyatidan va qo‘shni Gansu shahrida yashovchilarni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:02 10.12.2019. O'qildi: 2782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!