Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyda osmondan dengiz jonivorlari yog‘di (Video)

A A A
Xitoyda osmondan dengiz jonivorlari yog‘di (Video)

Xitoyning Sindao shahrida sodir bo‘lgan po‘rtana tufayli osmondan dengiz jonivorlari: sakkizoyoq, dengiz yulduzi va krevetkalar yog‘di, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Mazkur voqea aks etgan video YouTube kanaliga joylashtirildi.

Xitoy meteorologiya ma’muriyati ham osmondan dengiz jonivorlari yoqqanligini tasdiqladi. Kuchli shamol tufayli jonivorlar suvdan bir necha yuz kilometr uzoqlikka uchgan.

Xuddi shunday hodisa 2017 yilda Meksikaning Tampiko shahrida ro‘y berib, o‘shanda osmondan baliqlar yoqqan edi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 09:48 19.06.2018. O'qildi: 2846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik