Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyda olimlar dengiz suvidan uran ajratib olishni o‘rganishdi

Xitoyda olimlar dengiz suvidan uran ajratib olishni o‘rganishdi



Ular buni AQSh Energetika vazirligi belgilagan maqsadli ko‘rsatkichdan ham yuqori samaradorlikda amalga oshirib, yadroviy yoqilg‘i sifatidagi okean zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha global poygada Xitoyni yetakchilar qatoriga olib chiqdi. Olimlar kimyoviy «tuzoq» vazifasini bajaradigan maxsus material yaratdi. Tadqiqotchilar tabiiy dengiz suvidan bir gramm adsorbent hisobiga 50,4 mg gacha uran ajratib olishga erishdi. Bu ko‘rsatkich AQShning bir gramm uchun 6 mglik maqsadidan 8 baravar yuqori. Ta’kidlanishicha, bu texnologiya Xitoy uchun ayniqsa muhim, chunki mamlakat uranni o‘zi qazib chiqarayotganidan ancha ko‘p miqdorda iste’mol qiladi.

Kiritildi: 19:34 06.09.2026. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!