Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda ko‘prik turistlar bilan qulab tushdi – video

Xitoyda ko‘prik turistlar bilan qulab tushdi – video

Xitoyning Guandun provinsiyasidagi ko‘prik turistlar bilan qulab tushdi, deb yozadi The Sun nashri.

Nashr ma’lumotlari ko‘ra, turistlardan biri ko‘prikdan o‘tayotganda konstruksiyani tebratib, sakrab boshlaydi. Oqibat arg‘amchidan qilingan ko‘prik og‘irlikka dosh bermay, qulab tushadi.

Ushbu ko‘prik Yanszyan shahridagi Yandun tumanining diqqatga sazovor bo‘lgan joylaridan sanaladi.

Ta’kidlanishicha, ko‘prik ustida olti nafar turist bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan, chunki ularning hammasi xavfsizlik kamarini bog‘lagan bo‘lishgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, hozirda ko‘prik noma’lum muddatga yopilgan.

Kiritildi: 15:44 19.02.2019. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!