Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda koronavirusning sababchisi aniqlandi: u Uxan emas

Xitoyda koronavirusning sababchisi aniqlandi: u Uxan emas

Xitoyning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi olimlari koronavirus paydo bo‘lishiga oid haqiqatni aniqladilar. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar infeksiyaning asl manbai deb hisoblangan Uxan dengiz mahsulotlari bozorida namunalarni sinab ko‘rishdi va kasallik belgilari topilmadi. Demak, insoniyat koronavirusni dastlab bozorda emas, boshqa joyda yuqtirgan.

Mutaxassislar, shuningdek, Xitoydagi virus infeksiyasining 13 boshlang‘ich holati bozor bilan hech qanday bog‘liq emasligini isbotladilar. Bundan tashqari, koronavirusning dastlabki manbasi ko‘rshapalak ekanligi tasdiqlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 84 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Umuman olganda, mamlakatda pandemiya natijasida 4,5 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Kiritildi: 13:51 30.05.2020. O'qildi: 9789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!