Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yo‘q! Sababi...

Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yo‘q! Sababi...

Dunyoning ko‘plab davlatlarida koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilayotgan bir vaqtda Xitoyda uning yo‘qligi “shakllantirilgan tartib-qoidalar” va aholining ehtiyot choralariga rioya qilishi bilan tushuntirildi. Bu haqda Xitoyda yashovchi xorijliklar so‘zlab berdi.

“Umuman olganda, hayot odatdagi tarzga qaytdi. Hongkongda ba’zan qandaydir infeksiya o‘choqlari haqida ma’lum qilib turiladi, biroq barcha ajiotaj tezda yo‘qqa chiqadi. Xitoyliklarda barchasi maromiga yetkazilgan, barcha resurslar yetarli”, deb ta’kidlab o‘tgan Guanchjou yaqinida yashovchi rossiyaliklardan biri Aleksandr.   

Uning ta’kidlashicha, buning uchun hukumat fuqarolardan “e’tiborni susaytirmaslikni” va ehtiyot choralariga rioya qilishni so‘ragani yetarli bo‘lgan. Bundan tashqari, infeksiya tarqalishining mahalliy o‘choqlariga tezkorlik bilan javob qaytariladi.

“Misol uchun, Pekinda iyunda infeksiyaning jadal tarqalishi boshlandi, biroq kasallanish o‘chog‘i tezda bostirildi. Buni ikki hafta ichida uddalay olishdi. Hattoki shaharni to‘liq yopishga ham hojat bo‘lmadi”, deb qo‘shimcha qilgan rossiyalik.

Shanhayda yashovchi yana bir rossiyalik Andreyning ta’kidlashicha, Xitoyda ba’zi cheklovlar hamon saqlanib qolgan: misol uchun, xorijdan keluvchilar ikki haftalik karantindan o‘tishlari kerak. Shuningdek, bir qator tashkilotlarda xodimlar va tashrifchilar tana harorati o‘lchanadi, ba’zi holatlarda esa shaxsiy ma’lumotlar so‘raladi.

Bundan tashqari, ba’zi shaharlarda mahalliy ma’muriyat o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha cheklovlar kiritishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi sutkada Xitoyda 26 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Mamlakatda pandemiya boshidan beri 91 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan. 

Kiritildi: 11:41 11.10.2020. O'qildi: 3950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!