Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda koronavirusga qarshi besh xil vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

A A A
Xitoyda koronavirusga qarshi besh xil vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

Xitoylik olimlar COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi besh xil vaksinani 2,5 mingdan ortiq ko‘ngillilarda sinab ko‘rdi. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi rahbari Szen Isin ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qilgan.

«Ayni vaqtda adenovirus vektori asosidagi rekombinat vaksina va yana 4 ta inaktivasiya qilingan vaksinalar bor, ularning barchasiga Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari davlat boshqarmasidan ruxsatnoma olingan, birinchi hamda ikkinchi bosqichdagi klinik sinovlar amalga oshirilmoqda», — degan Szen Isin.

Isinning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar testida 2575 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Birinchi bosqichning o‘zida 539 nafar kishida klinik sinovlar amalga oshirilgan. Testlarda qatnashganlarning xavfsizligi va antitanalar xususidagi ma’lumotlar jamlanmoqda. Ikkinchi bosqichda emlashlar 2036 nafar ko‘ngillida amalga oshiriladi, ayni vaqtda vaksinaning samaradorligi va xavfsizligini baholash boshlangan.

«Klinik sinovlar vaqtida hozirga qadar aks ta’sirlar bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar kelib tushmagan. Reja bo‘yicha hammasi yaxshi o‘tsa, iyul oyida klinik sinovlarning ikkinchi bosqichi yakunlanadi», — degan XXR rasmiysi.

Xitoyda koronavirus qayta tarqala boshlagandan keyin iloji boricha tezroq unga qarshi vaksina ishlab chiqish ehtiyoji tug‘ilgan, xitoylik olimlar va nufuzli kompaniyalar vaksinaning bir yo‘la besh xilini yaratish ustida ishlarni boshlagan: rekombinant subyagona vaksina, inaktivasiya qilingan vaksina, adenovirus vektori asosidagi vaksina, nuklein kislotalar asosidagi hamda tirik attenurasiya qilingan grippoz vaksina.

 

Kiritildi: 11:12 16.05.2020. O'qildi: 2604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!