Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda kanadan odamga yuqadigan yangi virus tarqaldi. Odamlar o‘lmoqda

Xitoyda kanadan odamga yuqadigan yangi virus tarqaldi. Odamlar o‘lmoqda

Xitoyda yangi SFTS virusi avj olayotgani kuzatilmoqda. U kanalar orqali yuqadi, deb xabar bergan Global Times.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusni 60 kishi yuqtirib olgan, yetti nafari qurbon bo‘lgan.

Dastlab infeksiya Szyansu provinsiyasida aniqlangan, keyinchalik virus Anxoy provinsiyasi aholisi orasida ham tarqalgani qayd etilgan.

Infeksiyani yuqtirgan bemorlardan birining aytishicha, kasallik yo‘tal, issiq ko‘tarilishi, shuningdek, qonda leykositlar va trombositlar darajasi kabi belgilar bilan kuzatiladi.

SFTS ilk marotaba 2011 yilda qayd etilgan. Virus kanadan odamga, infeksiyalangan odamdan boshqa odamga - qon va shilliq parda orqali yuqadi.

Kiritildi: 08:36 09.08.2020. O'qildi: 3994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!