Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoyda jahondagi eng yirik GAES ishga tushirildi

Xitoyda jahondagi eng yirik GAES ishga tushirildi

2021 yilning yakunida Xitoyning Davlat elektr tarmoqlari korporasiyasi tomonidan Xebey provinsiyasidagi Fennin okrugida 3,6 GVt quvvatga ega GAES ekspluatasiyaga topshirilgan edi. O‘z navbatida, ushbu gidroinshoot jahondagi eng yirik GAESga aylandi.

GAES qurilishi 2014 yilda boshlangan bo‘lib, Pekinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qishki olimpiada o‘yinlariga tayyor bo‘lishi kerak edi. GAES yordamida Olimpiadani to‘liq "yashil energiya" bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ob’ektda har birining quvvati 300 MVt ga teng bo‘lgan 12 ta reversiv nasos agregatlari o‘rnatilgan. Saqlash hajmi 6, 612 mlrd. kVt.soat ga teng. Loyihaning umumiy investisiyasi 19,2 mlrd. yuan (3 mlrd. AQSh doll.) ni tashkil etadi.

GAES Shimoliy Xitoy energo tizimiga doimiy yuqori kuchlanishli tok uzatmasi tizimi (VSC-HVDC) orqali ulangan.

Kiritildi: 16:17 17.01.2022. O'qildi: 2471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!