Xitoyda 67 ta elektromobil ishtirokida tarixdagi eng yirik qishgi sinov bo‘lib o‘tdi. Avtomobillar −10°C dan −25°C gacha bo‘lgan sovuqda tekshirildi.
Asosiy natijalarga ko‘ra:
➖ Qishgi masofada yetakchi bo‘lib — Xpeng P7 (53,9%);
➖ BYD Yangwang U7 (51,8%);
➖ Zeekr 001 (49,6%);
➖ Tesla Model Y — 31-o‘rinni egalladi (35,2%).
Energiya samaradorligi bo‘yicha:
➖ BYD Seagull — 100 km ga 23,5 kVt·s (eng yaxshi);
➖ katta krossoverlarda sarf yuqori: Tesla Model Y — 35 kVt·s.
Tezkor quvvatlanish bo‘yicha:
➖ Avatr 06 — 30% → 80% 15 daqiqa;
➖ Tesla Model Y — 35 daqiqa.
Sinovlar qishda elektromobil samaradorligi model va toifaga kuchli bog‘liq ekanini ko‘rsatdi.