Xitoyning Xunan viloyatida o‘ta yirik oltin koni topildi. Bu haqda viloyat geologiya xizmati ma’lum qildi.
Geologlar Pinszyan uyezdidagi Vangu koni ostidan, 2 ming metr chuqurlikda 300 tonna oltin zaxirasiga ega 40 dan ortiq oltin saqlovchi manbalarni topishdi.
3 ming metr chuqurlikda joylashgan ob’ektdagi qimmatbaho metallar zaxirasi qiymat jihatidan 1 ming tonnadan ortiq yoki 600 milliard yuanga (taxminan 83 milliard dollar) baholanmoqda.
Ruda qidiruvi bo‘yicha mutaxassis Chen Julinning ma’lum qilishicha, ko‘plab burg‘ulangan toshlarda oltin topilgan. 2 ming metr chuqurlikdagi bir tonna rudada maksimal 138 gramm oltin bor.
Vangu konida rudani qidirishning yangi texnologiyalari, masalan, 3D geologik modellashtirishdan foydalanildi, deb xabar beradi report.az.